Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Gonkong uchrashuvida maydonga yugurib chiqqan muxlislarga qamoq jazosi tayinlandi

O‘zbekiston — Gonkong uchrashuvida maydonga yugurib chiqqan muxlislarga qamoq jazosi tayinlandi

Futbol bo‘yicha JCh-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gonkong javob uchrashuvida hamyurtlarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Uchrashuv hakami bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chalgach, maydonga bir qancha muxlislar yugurib tushgan.

O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyevning aytishicha, ushbu holat uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jarimaga tortilgan. Va bunday holatlar davom etadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazilishiga salbiy ta’sir qiladi.

Tartibni buzgan muxlislar ham javobgarlikka tortildi. Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmagan muxlislarning ota-onalari jarimaga tortilgan bo‘lsa, voyaga yetgan uch nafar shaxsning ikki nafari 5 sutkadan, biri esa 7 sutka qamoq jazosini olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring