O‘zbekiston muftiysiga savol yo‘llash mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston muftiysi bilan savol-javob qilish uchun telegramda bot ochildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Fatvo markazi direktori, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovga to‘g‘ridan to‘g‘ri savol yo‘llash orqali javob olishni tashkil etish maqsadida telegramda savol-javob boti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan diniy masalalardagi savol, taklif va mulohazalarini telegramdagi @muftiy_savol_javob_bot botga yuborishi mumkin.
Javoblar @Muftiy_Nuriddin_domla Telegram-kanalida e’lon qilinadi va ayrim xos masalalar murojaatchining o‘ziga taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter