Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori ishdan olindi
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Laziz Tangriyev shu vaqtgacha «O‘zbekiston» va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot uylarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan, O‘zMAA rahbari lavozimiga 2017 yilning iyul oyida tayinlangan edi.
Hozirda agentlikning yangi rahbari kim bo‘lishi haqida ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter