Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi
Prezident sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.
Allamjonov shu yilning oktyabr oyi boshida prezident matbuot xizmati rahbari lavozimidan olingandi. Shu vaqtga qadar uni qayerga ishga o‘tgani ma’lum qilinmagan.
Avvalroq, Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter