O‘zbekiston Karachi porti orqali Hindistonga birinchi yukni jo‘natdi
Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O‘zbekistondan tranzit yuk jo‘natdi. Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilib, so‘ngra Hindistonga yo‘l oldi.
Qayd etilishicha, port uchun bu «muhim bosqich» va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pokiston O‘zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi.
2022 yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter