O‘zbekiston hududida 6-8-iyul kuni termik depressiya kuzatiladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi ob-havo bo‘yicha yana bir ma’lumotni e’lon qildi.
Aytilishicha, O‘rta Osiyo hududlari ustida termik depressiya kuzatilishi hisobiga 6-8 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu kunlari o‘rtacha sutkalik havo harorati qiymatlari shu kunga xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 6-8 darajagacha yuqori bo‘lishi mumkin.
Meteorologiyada termik depressiya – bu sinoptik jarayon bo‘lib, unda Yer yuzasida past frontsiz bosim maydoni hosil bo‘ladi, o‘rta troposferada esa iliq balandlik o‘rkachi (yopiq izobaralarga ega bo‘lmagan katta bosimli joy yoki mintaqa) rivojlanadi. Hozirgi termik depressiya faol bosqichida atmosfera bosimi 995 gPagacha kamayishi mumkin.
Termik depressiya – bu sinoptik holatning yaqqol ifoda etilgan yozgi turidir, u faqat iyun oyidan avgust oyigacha rivojlanadi va odatda 2-3 kun kuzatiladi, 4-7 kun davomiyligidagi vaziyatlari kamroq davom etadi. Lekin oxirgi paytlarda iqlim o‘zgarishi tufayli, termik depressiyaning davomiyligi ortmoqda.
Termik depressiyaning to‘lishi sovuq kirib kelishi natijasida vujudga keladi. Yoz oylarida sovuq frontlarning kirib kelishi odatda yog‘ingarchiliksiz, bulutsiz bo‘ladi. Biroq, front o‘tishi tez-tez changli bo‘ronlar bilan kuchli shamollarni hosil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter