O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegatsiyasining yana bir qismi 18-avgust – 2-sentyabr kunlari XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Osiyo o‘yinlari poytaxti Jakarta shahriga yo‘l oldi.
Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov sportchilarga omad va zafarlar tilab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishlarini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 18-avgust kuni «Gelora Bung Karno Stadium»da bo‘lib o‘tadi.
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida qit’amizning ellikka yaqin davlatidan o‘n ming nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik 232 nafar sportchi 30 sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan bahslarda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan sportchilarimizga omad yor bo‘lsin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter