O‘zbekiston bo‘ylab 1,7 mingdan ziyod masjidda xatmonalar bo‘lib o‘tadi

Bugun, 26-mart kuni Qadr kechasi oqshomida 27 kun davomida 1700 dan ziyod masjidda qorilar tomonidan o‘qilgan Qur’oni karimning xatmonalari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab xatmi Qur’onlar o‘qilgan masjidlarda namozxonlar bir vaqtning o‘zida xatmonadan keyingi duolarga qo‘l ochishadi.
«Ulamolarning ta’kidlashicha, Qur’on xatm qilinganidan so‘ng qilingan duo rad etilmaydi. Chunki Qur’on Allohning kalomi bo‘lib, uni to‘liq o‘qib tugatish ulug‘ ibodat. Bugun dunyoyu oxirat saodatiga erishish uchun iltijo qilish fursatidir.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qur’on xatm qilinganda ijobat bo‘ladigan duo bor». Bundan kelib chiqadiki, jamoat bo‘lib o‘qilgan namozlar, ayniqsa, xatmi Qur’onlardan keyin qilinadigan duolar ijobat bo‘ladi, insha Alloh», – deyiladi O‘MI axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter