Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 14 ta mamlakatdan gaz plitalarini import qilmoqda

O‘zbekiston 14 ta mamlakatdan gaz plitalarini import qilmoqda

Illyustrativ foto

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar–avgust oylarida xorijdan qiymati 3,2 mln AQSh dollariga teng 27 627 dona gaz plitasi import qilingan.

Gaz plitalar importi, 2021-yilning mos davriga solishtirilganda, 1 905 donaga kamaygan.

O‘zbekiston 14 ta davlatdan gaz plitalarini import qilgan.

Mamlakatimiz 8 oy mobaynida eng ko‘p gaz plitalarini import qilgan davlatlar:

  1. Xitoy — 11,4 mingta
  2. Belarus — 11,3 mingta
  3. Turkiya — 3,3 mingta
  4. Polsha — 554 dona
  5. Italiya — 424 dona
  6. Sloveniya — 216 dona.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring