Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 14 davlatga e’tiroznoma (notifikatsiya) yubordi

O‘zbekiston 14 davlatga e’tiroznoma (notifikatsiya) yubordi

O‘tgan olti oyda fitosanitariya talablariga javob bermagani uchun salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo‘q qilindi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Shuningdek, fitosanitar talablarga javob bermaganligi sababli 14 ta davlatga 143 ta e’tiroznoma (notifikatsiya) yuborildi. 9 000 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi.

Joriy yilda 519 ming gektar maydonda zararli chigirtka o‘choqlariga qarshi kimyoviy ishlov bashorat qilinib, 493 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov ishlari o‘tkazildi.

Tut parvonasi zararkunandasiga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazish uchun 2023-yilda respublika budjetidan 11 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring