O‘zbekiston 10 oyda 1,2 mlrd dollarlik meva va sabzovot eksport qildi
2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 1,6 million tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 15,7 foizga ko‘proqni tashkil qiladi.
Eksportning qiymatida ham o‘sish kuzatilgan: meva va sabzavotlar eksportidan tushgan daromad 29,8 foizga oshib, 1,2 milliard dollarga yetdi.
O‘zbekiston eksportida eng katta ulushni uzum, shaftoli va gilos egalladi:
- 174 ming tonna uzum eksport qilinib, 147,2 million dollar daromad;
- 103,5 ming tonna hajmida shaftoli sotilib, 96,9 million dollar daromad;
- 32,2 ming tonna miqdorida gilos eksport qilinib, 70,3 million dollar daromad ta’minlandi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston eksport faoliyatini rivojlantirishda qator davlatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu meva-sabzavot mahsulotlarini nafaqat Markaziy Osiyo bozoriga, balki Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib berishga imkon bermoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter