«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotida internet va unga «Uzcard» orqali to‘lov yo‘lga qo‘yiladi
«O‘zbekisto havo yo‘llari» aviakompaniyasi «Airbus A320neo» samolyotida internet xizmatlari yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, «Uzcard» to‘lov tizimi bilan mazkur internet xizmatlariga plastik karta orqali to‘lov qilish ham mumkin. Bu haqda «Uzcard»ning rasmiy saytida ham xabar berilgan.
Samloyot bortida yo‘lovchilar o‘zlariga kerakli miqdorda trafik sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Aprel oyida yana bir «Airbus A320neo» Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-mart kuni yangi «Airbus A320neo» samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan, 14-mart kuni Bokuga ilk parvozini amalga oshirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter