Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etildi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etildi

Joriy yil 1-iyun kuni Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning taqdimoti o‘tkazildi.

Izohli lug‘at 6 jilddan iborat bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlar, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlar, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalarni qamrab olgan va unga 5 000 ga yaqin yangi so‘z kiritilgan.

Izohli lug‘atning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar – akademik Azim Hojiyev, akademik To‘ra Mirzayev, akademik Ernis Begmatov bevosita ishtirok etgan.

Shuningdek, ushbu loyihada filologiya fanlari doktori professorlar Nizomiddin Mahmudov (rahbar), Yorqin Odilov, Durdona Xudoyberganova hamda filologiya fanlari nomzodlari Abduvahob Madvaliyev, Feruza Musayeva, shuningdek, tajribali muharrirlar, musahhihlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, izohli lug‘atning taqdimot tadbirlarini barcha viloyatda o‘tkazish reja qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring