O‘zbek-qirg‘iz chegarasida Kogart GESi quriladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonlari chegaraoldi hududida quvvati 6,7 MVt bo‘lgan Kogart kichik gidroelektr stansiyasini qurish masalasini muhokama qilishdi.
Mazkur muhokama joriy yilning 18-oktyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev o‘rtasidagi videokonferensiya tarzidagi uchrashuvda bo‘lib o‘tgan.
Onlayn uchrashuvda, shuningdek, , chegaraoldi hududida Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish va to‘qimachilik majmuasini qurish haqida ham gap borgan.
Tomonlar investitsiya kelishuvlari to‘plamini ishlab chiqishni imkon qadar tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilib, tomonlar birgalikda oziq-ovqat va urug‘lik kartoshka yetishtirishni tashkil etish, chorvachilik komplekslarini yaratish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, issiqxonalar uchun uskunalar va jun mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xomashyo yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlik sohasida yo‘lovchi avtobuslari va temir yo‘l tashishlarini qayta tiklash, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, shuningdek, «Irkeshtam - Daroot - Qo‘rg‘on - Uch-Qo‘rg‘on» avtomobil yo‘lini qurish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishda barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuvda alohida tartibda Bishkek shahrida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 10-yig‘ilishi va biznes-forumni ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari ishtirokida yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masala va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro sodiqlik bildirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter