Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon nega plastik idishlarni taqiqladi?

Ozarbayjon nega plastik idishlarni taqiqladi?

Foto: «Abakan-news.ru»

Ozarbayjonda bir martalik ishlatiladigan plastik idishlarni olib kirish, ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanishga taqiq joriy etildi. Plastik idishlar savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish korxonalaridan musodara qilinib, qonunbuzarlarga jarima solinadi.

«Qizdirilganda yoki suv bilan aloqa qilganda plastik toksinlar ishlab chiqaradi. Ular inson tanasiga juda zararli. Ayniqsa, immuniteti zaif bolalar va qariyalar uchun. Plastik nafaqat odamlarga, balki atrof-muhitga ham zararli. 500 yil davomida parchalanmaydi», — deydi Ozarbayjon Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi sektori direktori Shirali Zarbaliyev.

Barcha plastik chiqindilar Balaxoniy zavodiga utilizatsiya qilish uchun yuboriladi.

Shundan so‘ng ular mahsus ajratilgan joyga ko‘miladi.

«Ular atrof-muhitdan va tuproq bilan aloqa qilishdan ajratish uchun geomembran va geotekstil chig‘anoqlari bilan qoplangan. Ushbu chiqindi suvni olib tashlaydigan maxsus drenaj tizimlari mavjud. U filtrlanadi va sanoat suviga aylantiriladi, undan daraxtlarni sug‘orishda foydalaniladi», — dedi Elmar Meliekov, «Toza shahar» uyushmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i.

Uch yil davomida Ozarbayjon Ekologiya vazirligi xodimlari plastik qadoqlash chiqindilarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kuzatib, baholashmoqda. Buning uchun taxminan 100 ming dollar mablag‘ sarflangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring