Ozarbayjon firibgarlikda ayblanayotgan shaxslarni O‘zbekistonga topshirdi
Ozarbayjon firibgarlikda ayblanayotgan Abdurahmon Qayumov va Arsen Kaldararni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Ozarbayjon bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bosh prokuraturasining Ukraina fuqarosi — 1992-yilda tug‘ilgan Arsen Vasilevich Kaldarar va O‘zbekiston fuqarosi — 1980-yilda tug‘ilgan Abdurahmon Abduvaliyevich Qayumovni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi so‘rovini Ozarbayjon tomoni qanoatlantirgan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda firibgarlik sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxslar shu yilning fevralida Ozarbayjonda aniqlanib, qo‘lga olingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter