O‘z-o‘zidan yonib ketgan «Matiz» bo‘yicha ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Matiz» rusumli transport vositasi yonayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 18-oktyabr kuni soat taxminan 18:50 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 14-uy qarshisida 1954-yilda tug‘ilgan haydovchi S.Mahmud boshqaruvidagi «Matiz» rusumli transport vositasida Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda transport vositasining old kapot qismida yong‘in chiqqan. Haydovchi tezkorlik bilan yo‘lning chetida to‘xtagan va yong‘in o‘t o‘chiruvchilar yordamida o‘chirilgan. Ushbu yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv natijasida yong‘inning kelib chiqish sabablariga aniqlik kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter