Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z joniga qasd qilish holatlari yuzasidan Prezident qarori imzolandi

O‘z joniga qasd qilish holatlari yuzasidan Prezident qarori imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-mart kuni «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-maydan boshlab xususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha aholiga ayrim xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

2018-yil 1-oktabrdan boshlab dispanser kuzatuvi ostidagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning psixiatriya muassasalarida qancha muddat bo‘lganliklari, berilgan dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va taqdim qilingan imtiyozlardan iborat bo‘lgan, shuningdek, bu sohadagi ishlarning holati to‘g‘risida tezkor axborot olish imkonini beruvchi ushbu shaxslarning yagona elektron reyestri yuritilishi amaliyotga joriy etiladi.

Shuningdek, 2018-yil 1-apreldan boshlab ichki ishlar organlari o‘z joniga qasd qilingan har bir holat to‘g‘risida psixiatriya xizmati muassasalariga zudlik bilan xabar berishi belgilab qo‘yildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-mayga qadar bo‘lgan muddatda psixiatriya muassasalarini o‘z joniga qasd qilish harakatlari to‘g‘risida majburiy ravishda xabardor etish tartibini ishlab chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring