Turkiyalik 17 yoshli qiz Toshkentda o‘z joniga qasd qildi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida 17 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, holat 30 noyabr kuni 18:30 da Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan.
2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz (Turkiya fuqarosi) noma’lum sabablarga ko‘ra, 6-qavatdan o‘zini tashlagan. Olgan tan jarohatlari oqibatida u shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter