Qozog‘istonda 37 yoshli ayol o‘zini tug‘ruqxona derazasidan tashladi
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 37 yoshli ayol tuman shifoxonasi tug‘ruq bo‘limi reanimatsiya bo‘limi uchinchi qavati derazasidan o‘zini tashlab yubordi.
Voqea 2023 yil 10 avgust kuni sodir bo‘lgan. «Qorasoy klinik ko‘p tarmoqli markaziy tuman kasalxonasi» ma’muriyati tomonidan sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari ma’lum qilingan.
«Tug‘ruqxonaning uchinchi qavatida joylashgan tug‘ruq bo‘limining reanimatsiya bo‘limida tug‘ruqdan keyingi ayol tibbiyot xodimlarini itarib yuborib, o‘zini derazadan tashlab yuborgan», — deyiladi bo‘lim xabarida.
Xabarda aytilishicha, bemor 37 yoshda bo‘lib, ayni vaqtda to‘liq davolanib, barcha zarur tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda.
«Ayol jarrohlik yo‘li bilan tug‘ishni boshidan o‘tkazgandan so‘ng to‘rt kun davomida reanimatsiyada yotdi. U tug‘ruqdan keyingi psixoz fonida noadekvat edi, davolanishdan bosh tortdi, o‘zini tajovuzkor tutdi», - deyiladi xabarda.
Ayni paytda ayol barcha ixtisoslashgan mutaxassislar: anesteziolog-reanimatolog, neyroxirurg, travmatolog va jarroh tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter