Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi

Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi

«Kapitalbank» ATB affillangan shaxslari ro‘yxatida o‘zgarish ro‘y berdi. Tegishli ma’lumot bank tomonidan Korporativ axborotlar yagona portaliga joylashtirilgan.

2021 yil noyabr oyi boshida «Kapitalbank» aksiyalarining 50 foiziga egalik qilishni boshlagan jismoniy shaxs  — Oybek Tursunov bankning affillangan shaxslari ro‘yxatidan 20 yanvar kuni chiqarilgan. Me’yoriy hujjatlarga ko‘ra xulosa qilish mumkinki, O.Tursunovning bevosita va bilvosita «Kapitalbank» aksiyalaridagi ulushi 20 foizdan kamroqni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli «Telekominvest» kompaniyasi tomonidan bank aksiyalarining bir qismi sotib olingandan so‘ng, 2022 yil 11 yanvar holatiga ko‘ra, O.Tursunov «Kapitalbank»ning 41,6 foiz aksiyalariga egalik qilayotgan edi.

Qayd etilishicha, «Kapitalbank»ning umumiy ravishda 2022 yil boshidan 975,4 mlrd. so‘mlik aksiyalari bilan 9 ta bitim amalga oshirilgan. Bitimlar kimlar o‘rtasida bo‘lgani hozircha no’malum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring