Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston banklari xorijliklar uchun hisobvaraq ochishda cheklovlar joriy qildi

O‘zbekiston banklari xorijliklar uchun hisobvaraq ochishda cheklovlar joriy qildi

12-sentyabrdan boshlab O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari xorijliklar uchun hisob va bank kartalarini ochishda cheklovlar joriy qildi.

«12 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining norezident jismoniy shaxslari banklarda hisob raqamlarini faqat quyidagi hollarda ochishlari mumkin bo‘ladi:

  • bankka murojaat kunidan oldin, 15 (o‘n besh) kalendar kundan ziyod uzluksiz O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lganda;
  • O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida malaka oshirayotganda va talaba maqomini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lganda;
  • O‘zbekiston Respublikasida rasmiy ishga joylashganda», – deyiladi O‘zbekiston Kapitalbank xabarida.

Bank matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar «bankdagi naqd pul oqimi va operatsiyalari shaffofligini ta’minlash maqsadida» amalga oshirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun bank hisobvaraqlari va omonatlarini ochish shartlari ham o‘zgarishsiz qolmoqda.

«RIA Novosti»ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston «Ipak yo‘li» banki ham 2022-yil 12-sentyabrdan boshlab norezidentlar uchun hisobvaraqlar va plastik kartochkalarni ochish «faqat bank bosh ofisidagi operativ bo‘limda amalga oshiradi». Bank ushbu o‘zgarishlar 12-sentyabrgacha ochilgan hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatishga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan.

«RIA Novosti» nashri, shuningdek, O‘zbekiston moliya bozori ishtirokchilariga tayanib, norezident jismoniy shaxslar bilan ishlash bo‘yicha qator cheklovlar mamlakatning yana bir qancha banklari tomonidan kiritilganini aniqlagan.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasining turizm sohasi vakillari rossiyaliklar bank kartasini rasmiylashtirish uchun qo‘shni davlatlarga tez-tez sayohat qila boshlaganini ma’lum qilgandi. Visa va Mastercard plastik kartalarini olish uchun sayohat qilishlar ko‘rsatkichi rossiyaliklar uchun Yevropa va AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardan keyin keskin ortgan. O‘zbekiston banklaridan ushbu kartalarni sotib olish bilan rossiyaliklar xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitob qilish, pul olish va jo‘natish, xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, chet elda sayohat qilishda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida norezidentlarning O‘zbekiston banklaridagi hisob-kitob hisobvaraqlari soni 38,5 foizga (169 mingtagacha) o‘sganini, jumladan, ularning 90 mingtasi Visa va Mastercard valyuta kartalariga to‘g‘ri kelganini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekistonga shu maqsadda tashrif buyuruvchilarning asosiy qismini Rossiya, Ukraina va Belarus fuqarolari tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring