Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonovning kompaniyasi «Kapitalbank»dagi aksiyalarini sotdi

Alisher Usmonovning kompaniyasi «Kapitalbank»dagi aksiyalarini sotdi

USM Holdings «Kapitalbank» ATB aksiyalarining 61,54 foiziga birgalikda egalik qiluvchi «Telekominvest» MChJ (Rossiya) va «Finance TCI» MChJ (O‘zbekiston) ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini sotish bo‘yicha bitim tuzdi.

Bitim «Kapitalbank» ATB biznesini birgalikda rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan xususiy investorlar guruhi tashabbusi bilan tuzilganligi aytilmoqda.

Bitimning tijorat shartlari oshkor etilmagan.

USM – metallurgiya va tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya, texnologiya va moliyaviy xizmatlar sohalaridagi aktivlarga egalik qiluvchi va ularni boshqaradigan Rossiyaning diversifikatsiyalangan xolding shirkati. Guruh aktivlari orasida «Metalloinvest», «Megafon», «Udokanskaya med» va Ohangaronsementga egalik qiluvchi «Akkermann Sement» kabi korxonalar bor. USM «Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi» aksiyadori hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring