Alisher Usmonovning kompaniyasi «Kapitalbank»dagi aksiyalarini sotdi
USM Holdings «Kapitalbank» ATB aksiyalarining 61,54 foiziga birgalikda egalik qiluvchi «Telekominvest» MChJ (Rossiya) va «Finance TCI» MChJ (O‘zbekiston) ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini sotish bo‘yicha bitim tuzdi.
Bitim «Kapitalbank» ATB biznesini birgalikda rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan xususiy investorlar guruhi tashabbusi bilan tuzilganligi aytilmoqda.
Bitimning tijorat shartlari oshkor etilmagan.
USM – metallurgiya va tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya, texnologiya va moliyaviy xizmatlar sohalaridagi aktivlarga egalik qiluvchi va ularni boshqaradigan Rossiyaning diversifikatsiyalangan xolding shirkati. Guruh aktivlari orasida «Metalloinvest», «Megafon», «Udokanskaya med» va Ohangaronsementga egalik qiluvchi «Akkermann Sement» kabi korxonalar bor. USM «Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi» aksiyadori hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter