Oy changi kimoshdi savdosiga qo‘yildi — narxi qancha?
Bonhams kimoshdi savdolari uyi amerikalik astronavt Nil Armstrong Oydan keltirgan changni sotuvga qo‘ydi.
Insoniyatning Oyga ilk va yagona tashrifi (hozircha) chog‘i «Apollon-11» kemasida parvoz qilgan Armstrong bir kilogrammga yaqin Oy tosh-tuproqlarini bitta xaltaga tergan, keyin bu xaltani boshqa birining ichiga joylashtirgan ekan. Ana shu xaltalarda chang o‘tirib qolgan...
Keyinchalik xaltalardan biri yo‘qolib qoladi va uni Xatchinson fazoviy muzeyi sobiq kuratorining shaxsiy kolleksiyasidan topishadi. NASA xaltani musodara qilib, sotib yuboradi.
Xaltani sotib olgan xaridor u chindan ham NASA ga tegishli ekanini, «Apollon-11»da Oyga borib kelganini aniqlaydi, biroq changdan asar ham qolmagandi. Uzoq sudlar boshlandi, oxir-oqibat NASA Oy changining katta qismini qaytarib berishga majbur bo‘ldi. Sotilayotgan chang o‘sha...
Bonhams kimoshdi savdolar uyining ta’kidlashicha, sotuvga dunyodagi yagona va tekshirilgan, sotish mutlaqo qonuniy Oy changi qo‘yilmoqda. Boshlang‘ich narxi — $800 ming...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter