Tovushdan olti karra tez: Rossiya «Gremlin» gipertovushli raketasini yaratyapti

Rossiya «Gremlin» kod nomi ostida gipertovushli boshqariluvchi yangi raketasini yaratyapti. Bu haqda «Izvestiya» xabar berdi.
Nashr olgan ma’lumotga ko‘ra, tajriba-konstruktorlik ishlariga 2018-yil noyabrida start berilgan. Raketa sinovlari 2023-yilga rejalashtirilgan, uning dvigatellarini sinash esa tez orada boshlanadi.
Raketaning texnik xususiyatlari sir tutilayotgan bo‘lsa-da, ayrim tafsilotlari ma’lum. Xususan, hozir foydalanuvdagi X-47M2 «Xanjar» raketalaridan o‘lchamlari nisbatan kichik. Aytilishicha, «Gremlin» 1,5 ming kilometr masofagacha ucha oladi, tezligi esa tovush tezligidan olti karra yuqori bo‘ladi.
Raketa yadroviy kallaklar uchun ham ixtisoslashtiriladimi — bu ma’lum emas.
Dastlabki ma’lumotlarda «Gremlin» raketalari beshinchi avlod «Su-57» qiruvchi samolyotlari uchun chiqarilishi ma’lum qilingan, biroq ekspertlar ushbu jangovar qurol bilan «Tu-22M3M» bombardimonchi hamda «Tu-95» va «Tu-160» raketa tashuvchi samolyotlari ta’minlanishi mumkinligini ham istisno qilishmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter