Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ttizga yaqin chet tili o‘qituvchisi Angliyada malaka oshiradigan bo‘ldi

O‘ttizga yaqin chet tili o‘qituvchisi Angliyada malaka oshiradigan bo‘ldi

Bugun, 18-sentyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-maktabda «Maktab direktorlari faoliyatini rivojlantirish dasturi» doirasida umumta’lim muassasalarining rahbar kadrlari uchun tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning 28 nafar g‘olibi Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Tanlov g‘oliblaridan biri Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nozima Xoliqova xorij mamlakatlarining baholash tizimini o‘rganishni ham uni milliy ta’lim tizimiga olib kirishni maqsad qilgan.

– Endi bizda amaliy jihatdan chet el tajribasini o‘rganish va uni mamlakatimizda tatbiq etish imkoniyati bor. Men ushbu tanlovda chet mamlakatlarning baholash tizimini o‘rganishni nazarda tutuvchi ijodiy ishim bilan qatnashgan edim. O‘zbekiston ta’limi hali hamon eski baholash tizimida. Dunyo davlatlari esa allaqachon zamonaviy (Alternative assessment) tizimga o‘tib bo‘lgan. Ushbu tizimni mukammal o‘rganib, o‘zimizga olib kirish mening asosiy maqsadlarimdan biri, – deydi Nozima Xoliqova.

Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tanlov o‘z ichiga 3 ta shart – ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, yozma topshiriq (ijodiy ish) va suhbatni qamrab oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring