Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarda yangi lavozim joriy etiladi

OTMlarda yangi lavozim joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimi joriy etilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror bilan, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni nazarda tutuvchi «Xavfsiz ta’lim muassasasi» tamoyili tadbiq qilinadi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzurida Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida «Psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi» faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Shu bilan birga, yuridik oliy tahlim muassasalari tanqidiy o‘rganilgan holda, «Voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlash faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasiga taklif va mulohazalarni bildirish joriy yilning 25 apreliga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring