Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili O‘zbekistonga 8,2 mln xorijlik turistik maqsadlarda kelgan

O‘tgan yili O‘zbekistonga 8,2 mln xorijlik turistik maqsadlarda kelgan

O‘zbekistonga 2024-yilda jami 8,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 20,1 foizga ortiq.

Shundan:

  • Ayollar – 4 mln 77,1 ming nafar; 
  • Erkaklar – 4 mln 104,3 ming nafar.

Olingan idoraviy ma’lumotlarga ko‘ra, jami turistlarning 6,4 mln nafari qo‘shni va 1,6 mln nafari boshqa mamlakatlardan kelgan.

Bunda qo‘shni davlatlardan kelgan turistlar soni 2023 yilga nisbatan 19,8 foizga, boshqa davlatlardan kelgan turistlar esa 21,1 foizga oshgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 5,7 mln nafar o‘zbekistonliklar ham turistik maqsadlarda chet elga borgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring