O‘tgan 5 yil davomida tadbirkorlar foydasiga 7,4 trln so‘m undirilgan
Xalqaro media-xollda «Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash-mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir» mavzusida muloqot o‘tkazildi.
Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va boshqa qator tashkilotlar vakillari hamda ekspertlar ishtirokidagi muloqotda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha so‘z bordi.
Ochiq muloqotda ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan 5 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari manfaatiga 181 605 ta ishlar hal etilib, ular foydasiga 7,4 trln so‘m undirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter