Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTB O‘zbekistonda quriladigan shamol elektr stansiyalari uchun $174 mln ajratadi

OTB O‘zbekistonda quriladigan shamol elektr stansiyalari uchun $174 mln ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va ACWA Power Company (ACWA) Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi «Bosh» hamda «Jonkeldi» shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun 174 million AQSh dollari miqdoridagi bitimni imzoladi.

Moliyalashtirish OTBning oddiy kapital resurslari hisobidan «Bosh» elektr stansiyasi uchun 40,5 million AQSh dollari va «Jonkeldi» elektr stansiyasi uchun 46,5 million AQSh dollari miqdoridagi kreditlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, OTB bank boshqaruvida bo‘lgan Osiyoning yetakchi xususiy infratuzilmalar fondi (LEAP) hisobidan har ikki ShES uchun mos ravishda 40,5 million va 46,5 million dollar ajratadi.

Har bir elektr stansiyasi 79 ta, jami esa 158 tasi shamol turbinasidan iborat bo‘lib, 3 235 gigavatt-soat hajmda elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

«O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri bo‘lib, mamlakatda energiyaga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu qayta tiklanadigan energiyadan mamlakat energetika kompleksida foydalanishni kengaytirishga sarmoya kiritish uchun imkoniyat yaratadi», – deydi OTBning xususiy sektor operatsiyalari bo‘yicha bosh direktori Syuzan Gaburi.

OTB O‘zbekistonda 2019-yildan buyon qayta tiklanadigan energiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlab keladi. Bank O‘zbekiston ushbu sektorni xususiylashtirishni boshlaganidan so‘ng 2 500 MVtga yaqin hajmdagi loyihaldarda ishtirok etgan. Jumladan, OTBning ACWA bilan so‘nggi hamkorligi umumiy qiymati taxminan 1,35 milliard dollarni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring