BAA kompaniyasi Uchquduqda quvvati 1000 MVt bo‘lgan ShES quradi
Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
OTB O‘zbekistonda quriladigan shamol elektr stansiyalari uchun $174 mln ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va ACWA Power Company (ACWA) Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi «Bosh» hamda «Jonkeldi» shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun 174 million AQSh dollari miqdoridagi bitimni imzoladi.
OTB O‘zbekistondagi eng yirik ShESni qurish uchun 52 million dollar kredit ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va BAAning Masdar kompaniyasi sho‘’ba korxonasi hisoblangan o‘rtasida O‘zbekistonda qurilayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasini moliyalashtirish uchun 52 million AQSh dollarilik shartnoma imzolandi.