OTB ko‘magida 100 ta bolalar bog‘chasi quriladi yoki qayta ta’mirlanadi
Prezidentning PQ-308-son qarori bilan 2030-yilga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, mazkur muddatga qadar kamida 30 mlrd AQSh dollari miqdorida xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadli ko‘rsatkichini ta’minlanishi zarur.
Mazkur loyihalar doirasida, jumladan, 2025-yilning 4-choragida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida 20 000 o‘rinli 100 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari rejalashtirilmoqda.
Umumiy qiymati 75 mln AQSh dollarini tashkil qiluvchi ushbu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter