Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTB O‘zbekiston tug‘uruqxonalari uchun $100 mln imtiyozli kredit ajratadi

OTB O‘zbekiston tug‘uruqxonalari uchun $100 mln imtiyozli kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston hukumatiga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga ko‘maklashish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

«OTB O‘zbekistonda ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, onalar va neonatal o‘lim  (0-28 kungacha bo‘lgan o‘lim)ni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda yuqori sifatli perinatal tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hukumat loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi», – deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Evgeniy Jukov.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda onalar o‘limi 2010-yilda har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 38 o‘limdan 2020-yilda 30 o‘limgacha yaxshilangan bo‘lsa-da, Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda. O‘zbekistonda neonatal o‘lim ko‘rsatkichlari ilgari yaxshilangan bo‘lsa-da, keyingi yillarda tug‘ilishning o‘sishi fonida bu ko‘rsatkich ham oshgan.

Mazkur integratsiyalashgan perinatal yordam loyihasi hukumatga butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar, tibbiyot xodimlarining salohiyati va sifatini ta’minlash mexanizmlari bilan jihozlashda yordam beradi.

Ma’lumot uchun, OTB 1966-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 49 ta hududdan 68 a’zosi bor.

O‘zbekiston esa OTBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan va o‘shandan beri bank mamlakatga 12,5 milliard AQSh dollari miqdorida kreditlar, grantlar va texnik yordam ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring