O‘ta yuqori jismoniy faollik umrni uzaytiradi — tadqiqot
O‘ta yuqori jismoniy faollik inson organizmi uchun foydali — turli mamlakatlar olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari British Journal of Sports Medicine jurnalida e’lon qilindi.
Juda yuqori jismoniy faollik salomatlikka putur yetkazadi, degan tushuncha bor edi. Ayniqsa, yurak uchun xavfli deyilardi.
Ammo Alberta universiteti (Kanada) va Sent-Vinsent tibbiyot tadqiqotlari instituti tadqiqotchilari boshqacha xulosaga kelishdi. Ular 1928 yildan 1955-yilgacha tug‘ilgan 200 nafar sportchining ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Bu sportchilarning hammasi 1,6 kilometr masofaga yugurishga 4 daqiqadan kamroq vaqt sarflashgan.
Aniqlanishicha, 1950-yillarda 4 daqiqada 1,6 km masofaga yugura olganlar tengdoshlariga nisbatan 9 yildan ko‘proq umr ko‘rishgan. 1960 va 1970-yillarda xuddi shu masofaga shuncha vaqtda yugurganlar esa tengdoshlariga nisbatan tegishli ravishda 5,5 yil va 3 yil uzoqroq yashashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter