Osiyoning eng boy ayoli yarim boyligini yo‘qotdi
Osiyo qit’asining eng boy ayoli Yan Xueyyan so‘nggi bir yilda boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi.
Bu haqda Bloomberg Billionare Index (BBI) ma’lum qildi.
Xitoyning eng yirik qurilish kompaniyasi Country Garden Holdingsning asosiy aksiyadori bo‘lgan milliader ayolning boyligi o‘tgan yilgi 23,7 milliard dollardan 52 foizdan ko‘proqqa kamayib, 11,3 milliard dollarga tushdi.
Qayd etilishicha, bu Xitoyda kuchayib borayotgan ipoteka inqirozi fonida sodir bo‘lmoqda.
Yang kompaniyani noldan yaratgan fermer va oddiy quruvchi Yana Gotsyanning qizi bo‘lib, u 2007-yilda Country Garden aksiyalarining 70 foizini qiziga o‘tkazgan. Yangning otasi kompaniyaning raisi va bosh ijrochi direktori bo‘lib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy rasmiylari 2020-yilda ko‘chmas mulk sohasida ortiqcha qarzdorlikni qattiq tartibga solishni boshlagan, bu esa Evergrade va Sunas kabi yirik kompaniyalarni bankrotlik yoqasida qoldirgan.
Oqibatda butun mamlakat bo‘ylab qurilish ishlari sustlashdi va o‘z mulklari qurilishi kechikayotganidan g‘azablangan xaridorlar ipoteka to‘lovlarini kechiktirishni boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter