Milliarder teleboshlovchidan 7 maslahat
Opra Uinfri — teleboshlovchi, prodyuser, aktrisa, jamoat arbobi, o‘zining shaxsiy tok-shousiga ega bo‘lgan va uni doimiy ravishda olib borgan yagona ayol. 1988-yili xalqaro radio va televizion jamiyati ovozlar soniga ko‘ra, eng yosh va birinchi afro-amerikalik bu xonimni «Yil sharhlovchisi» mukofoti bilan taqdirlagan. 1992-yili «Good Housekeeping» uni «Eng maftunkor ayol» sifatida Barbara Bush va ona Terezadan so‘ng uchinchi o‘ringa munosib deb topgan.
1993-yili aviatsiya tadqiqoti bilan shug‘ullanadigan firmalardan biri «Samolyotda kim bilan yonma-yon o‘tirishni xohlar edingiz?» degan so‘rovnoma o‘tkazganida Hillari Klinton, Arnold Shvarsenegger, Ross Pero va boshqa mashhurlarni ortda qoldirgan Opra Uinfri birinchilikni egalladi. Xuddi o‘sha yili u «Juldurvoqining boyishi» mukofotini ham qo‘lga kiritdi.
2021-yili Opra Uinfrining boyligi 2,6 milliard dollar deb baholandi. U qora tanli birinchi milliarder-ayol sanaladi.
Afsona va dunyoviy brendga aylangan «TV qirolichasi» — Opra Uinfri o‘z tamoyillariga ega. Mashhur jurnallardan biri («Ink.») ushbu teleyuzduzning hayoti va faoliyatidan olingan 7 ta maslahatni havola etadi.
Muxlislarni taltaytiring.
Opra muxlislarini qadrlashini hamisha namoyon etgan. U yilda bir marta «Oprah’s Favorite Things» — maxsus ko‘rsatuvini efirga berardi. Bu orqali Opraning o‘z muxlislariga vidokamera, texnik jihozlar, hatto avtomobil topshirardi. Axir mijozlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi-da!..
Tavakkal qiling va e’tiborni o‘zingizga torting.
1988 yili u studiyaga Kaliforniyadan neonatsistlarni taklif qildi. Keyin esa bu qarori noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi. Shunday bo‘lsa-da, o‘zining shousiga qo‘shimcha ravishda e’tiborni tortdi va tomoshabinlarga tavakkal qilishdan qo‘rqmasligini ko‘rsatdi.
Yangi imkoniyatlar qidiring.
Opra ish faoliyatini 1983-yili reytingi past bo‘lgan kanaldagi tonggi shoudan boshlagan. Oradan uch yil o‘tib, o‘zining shousini tashkil etdi. 2000-yili «O» jurnalini chiqardi. 2011-yili esa OWN xususiy kanalini ochdi.
Qalbingizni oching.
Bir kuni Opra tomoshabinlarga to‘qqiz yoshida o‘zini tahqirlaganlari haqida gapirib berdi. Yon-atrofga shaxsiy hayotingdagi ikir-chikirlar haqida aytish yaxshi emas, albatta. G‘oya boshqa yoqda: siz mijozga ishonganingizda biznesingiz shaffof bo‘ladi.
Mashhurlarni o‘zingiz tomonga jalb eting.
Opra shoularida mashhur insonlar tizilganining sababi, Uinfrining «qanday bo‘lsa, shunday gapir» uslubida intervyu olgani hisoblanadi. Xayrlashuv shousi lavhalaridan birida Arnold Shvarseneggerning sobiq rafiqasi Mariya Shrayver Opraga shunday dedi: «Siz menga muhabbat, dalda, hikmat va eng muhimi, haqiqatni berdingiz».
Obro‘li maslahatchi bo‘lib qoling.
Odamlar Opraning har bir harakatini kuzatadilar. Kellogg School of Management professori «Time» jurnaliga bergan intervyusida qiziqarli faktni keltirdi. «Anna Karenina» romani Opraning kitob klubiga tushganiga qadar ancha sust sotilgan: 12 haftada 11,5 mingta. Uinfri klubi orqali esa xuddi o‘sha 12 haftada 643 mingta sotib yuborilgan. O‘sish deyarli 5000 foiz!
O‘z vaqtida keting.
Opraning shousi 25 yil efirga uzatildi. Keyin esa muallif tomonidan to‘xtatilishi e’lon qilindi. Oddiy qoida: cho‘qqida turganda ham ketishdan qo‘rqmang.
Akbar Fathullayev
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter