Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlarida 232 nafar sportchimiz qatnashadi

Osiyo o‘yinlarida 232 nafar sportchimiz qatnashadi

Foto: «olympic.uz»

Joriy yilning 18-avgust – 2-sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 232 nafar atletimiz sportning 30 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashadi.

Bugun, 7-avgust kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqada ishtirok etadigan sportchilarni rasmiy kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Foto: «olympic.uz»

Marosim doirasida O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun yangi liboslar topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport ekipirovkalar Xitoyning «QIERTE Co.Ltd» kompaniyasi «PRES-JOG» brendi tomonidan taqdim etildi.

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida boks bo‘yicha Osiyo chempioni Isroil Madrimov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring