O‘shda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi
![O‘shda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1462400007.jpg)
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda shahar meriyasi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘sh shahri vitse-meri Nurbek Kadirov, Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidovlar ishtirok etdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/67/720__nMGzUyZ_3X-i4EDDGrmjMjxhZzmRlBfu.jpg)
«Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun ochiq», — deyiladi xabarda.
Bosh konsul Zafarbek Ahmedov noyabr oyida O‘shga yetib borgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter