Singapur fuqarosi qanday qilib 126 kg. vazn yo‘qotgani haqida so‘zlab berdi
Ortiqcha vazndan aziyat chekib kelgan singapurlik Riz Foks 126 kilogramm vazn yo‘qotdi va ozishni istaganlarga maslahat berdi. Bu haqda Mothership mahalliy nashri xabar bermoqda.
Taxminan 200 kilogramm vaznga ega bo‘lgan Riz ketogenik parhezga rioya qilishni boshladi: u juda ko‘p oqsil va yog‘li ovqatlarni iste’mol qilgan, ammo uglevodlarni juda kam iste’mol qildi.
Natijada, Foks jismoniy faollik bilan shug‘ullanish uchun yetarli kuchga ega bo‘ladi. Dastlab u velosipedda mahallani aylanib chiqqan, shundan so‘ng u oziq-ovqat yetkazib berish xizmatida kurer sifatida ishga joylashgan.
Turmush tarzi va ovqatlanishdagi o‘zgarishlar Rizga bir yilda yuz kilogrammdan ortiq vaznni yo‘qotishga imkon bergan.
Avvalroq og‘ir mashqlarsiz vazn yo‘qotish yo‘li haqida ma’lumot berib o‘tilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter