Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston aholisining qanchasi ortiqcha vaznga ega ekani aytildi

O‘zbekiston aholisining qanchasi ortiqcha vaznga ega ekani aytildi

O‘zbekiston aholisining 50 foizdan ortig‘i ortiqcha vaznga ega, yana 20 foiz fuqarolar semirib ketgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi JSSTga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqot 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning 67 foizi yetarli miqdorda sabzavot va mevalarni iste’mol qiladi, ammo erkaklarning 46 foizida qonda xolesterin miqdori yuqori. Aholi tomonidan kuniga o‘rtacha 14,9 gramm tuz iste’mol qilinadi – bu JSST tavsiya qilgan qiymatdan uch baravar ko‘p.

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi jismoniy faollik, ovqatlanish me’yor va qoidalariga rioya qilmaslik yoshlarning o‘sishi va aqliy rivojlanishining sustlashishiga olib kelishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, kattalarda erta o‘limga olib keladigan kasalliklar rivojlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring