O‘rta Chirchiq tumani «qizil» hududga aylandi
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘rta Chirchiq tumani 20-iyun holatiga «qizil» hudud, deb belgilandi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bergan.
Toshkent shahri Bektemir tumanidagi vino zavodida ishlovchi 5 nafar o‘rtachirchiqlik fuqaroda infeksiya aniqlangani bois, hozirda ularning xonadonlari qat’iy nazoratga olingan. Shuningdek, ular bilan muloqotda bo‘lganlar ham tibbiy kuzatuv ostida.
Shuningdek, O‘rta Chirchiqdagi 4 ta ichki ko‘chalar karantinga yopildi. Ushbu ko‘chalarda harakatlanish taqiqlandi.
Bundan tashqari, yo‘l yoqalari va ko‘zga ko‘rinarli joylarga «qizil» hudud» belgilari o‘rnatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter