Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina olgandan so‘ng vafot etgani aytilgan fuqaro yuzasidan tezkor guruh tuzildi

Vaksina olgandan so‘ng vafot etgani aytilgan fuqaro yuzasidan tezkor guruh tuzildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi ayol T.Q.ning murojaati tarqaldi.

Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan emlangani, natijada ahvoli og‘irlashib vafot etgani haqida aytadi.

Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida. Vaziyatni o‘rganish maqsadida tezkor guruh tuzilib, O‘rta Chirchiq tumaniga yuborildi.

O‘rganishlar natijasi haqida batafsil ma’lumot berilishi aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda vaksina olgan ayolning ko‘rmay qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, SSVning o‘zi ham bayonot berib, vaksina haqida provokatsion ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring