O‘rta Chirchiqda uchta mashina to‘qnashdi
Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan YHXB rasmiy ma’lumot berdi.
2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Nurafshon-Ohangaron» avtomobil yo‘lining 22-kilometrida:
1) 1996 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli;
2) 1997 yilda tug‘ilgan G.A. boshqaruvidagi «Vaz-2107» rusumli;
3) 1994 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida, «Vaz 2107» rusumli avtomobil haydovchisi G.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter