Ko‘mir isidan zaharlangan 27 yoshli yigitning hayoti saqlab qolindi
Kecha, 5-dekabr kuni soat 10:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Unga ko‘ra, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan «Tuyabo‘g‘iz» suv omboridagi baliqchilik xo‘jaligining 27 yoshli qorovuli ko‘mir isidan zaharlanib, sog‘lig‘i yomonlashgan, unga zudlik bilan yordam ko‘rsatish kerak bo‘lgan.
Aytilgan manzilga vaqtida yetib borgan FVV qutqaruvchilari ko‘mir isidan zaharlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborishgan. Uning ahvoli yaxshi va u o‘z uyida, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter