Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbariyatida tayinlov amalga oshirildi

O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbariyatida tayinlov amalga oshirildi

Qarshiboyev G‘ofurjon Yaxshiboyevich Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.

G‘ofurjon Karshiboyev bunga qadar Ekologiya vazirligining «Yashil makon» umummilliy loyihasini tashkillashtirish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek u o‘z vaqtida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ham ishlagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring