«O‘rikzor»dagi soliqchi va tadbirkor mojarosiga rasmiy munosabat bildirildi
Kecha, 27-mart kuni feysbukdagi «Xalq bilan muloqot» guruhida «O‘rikzor» bozorida mijozlardan chek talab qilgan soliqchi va tadbirkor o‘rtasidagi mojaro videosi tarqaldi.
Ayni damda Davlat soliq qo‘mitasida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida qo‘mita boshqarma boshlig‘i To‘rabek To‘rayev mazkur voqeaga munosabat bildirdi.
«Biz jamoatchilikdan bo‘ladigan har qanday savollarga javob berishga tayyormiz. «O‘rikzor» bozoridagi voqeaga keladigan bo‘lsak, bunda tushunmovchilik bo‘lgan. Soliq xodimi hech kimga qo‘pollik qilmagan. Keyin bunaqa voqealar sabab butun soliq tizimi xodimlariga salbiy munobasatda bo‘lmaslik kerak. Qo‘mita fuqarolarning har qanday murojaatiga kechayu-kunduz javob berishga tayyor. 2000-yillarda qo‘mitada ishlaganimda rahbariyat bir oyda bir bor fuqarolar bilan muloqot qilardi. Hozir qo‘mita raisi va rahbarlar har kuni fuqarolar murojaatlarini eshitmoqda. Bizga qilingan birorta murojaat javobsiz qolmaydi», dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter