Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rdaksimon yurishga majburlanganlar yuzasidan Rossiya Ombudsmaniga murojaat yuborildi

O‘rdaksimon yurishga majburlanganlar yuzasidan Rossiya Ombudsmaniga murojaat yuborildi

Bir necha kun muqaddam qator OAV Rossiya politsiyasi migrantlarni o‘rdaksimon yurishga majburlagani aks etgan videolavha tarqatgan edi. Ruslarning «Russkaya Obщina Yekaterinburg» telegram kanalida esa huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migratsiya qonunchiligiga amal qilinishi bo‘yicha reyd o‘tkazganini ma’lum qilingan. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqoridagi telegram kanalida e’lon qilingan holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ombudsmaniga murojaat qilib, Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlari ta’minlanishida ko‘mak so‘ragan.

«Hamyurtlarimiz fikrlari asosida O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, murojaatlarni birgalikda ko‘rib chiqish, jumladan Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ishlanadi», – deyiladi rasmiy axborotda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring