O‘quvchilarni majburlab pul yiqqan, urgan va haqorat qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi o‘quvchilarni haqoratlagani, kamsitgani va kaltaklagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Buvayda tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari tomonidan turli maqsadlarga pul yig‘ilgani, pul bermagan o‘quvchilarni haqoratlash, kaltaklashlar to‘g‘risida ma’lumotlar chop etilgan edi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati chop etilgan materiallar yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.
Tekshirish natijasida 2018-yilning 16-noyabr kuni maktabning 7-V sinf rahbari R.M. shu sinfda ma’naviyat soati o‘tish jarayonida ikki o‘quvchilarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani, ya’ni obunaga pul bermaganliklari uchun sinf o‘quvchilari oldida haqoratlab, kamsitgan va kaltaklaganligi aniqlandi.
Farg‘ona Xalq ta’limi boshqarma boshlig‘ining buyrug‘iga asosan, o‘qituvchi R.M. va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosari X.A. egallab turgan lavozimlaridan ozod etdilar.
Maktab direktori R.A.ga esa intizomiy chora ko‘rildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter