Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-yanvar kuni Oqto‘ba qurbonlari oilalariga yordam marafoni o‘tkaziladi

22-yanvar kuni Oqto‘ba qurbonlari oilalariga yordam marafoni o‘tkaziladi

Foto: «Afisha.uz»

«Orzu va hayot» xalqaro xayriya jamoat fondi rahbari Ilhomjon Qosimov Aqto‘be shahrida yuz bergan fojea — avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga moddiy yordam berish maqsadida xayriya marafonini o‘tkazmoqda, deb xabar qildi «Sputnik» nashri.

Marafon 2018-yil 18-yanvar kuni yuz bergan dahshatli halokat — 52 nafar migrantning avtobus ichida yonib halok bo‘lganining 3 kunidan so‘ng o‘tkazilmoqda. Marafonga 22-yanvar kuni 16.00 da Toshkenda, Prezident qabulxonasi oldida start oladi. Bu haqda Ilhomjon Qosimov shunday deydi:

«To‘g‘ri, halok bo‘lganlarning oilalariga davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi, deyildi. Lekin jamoatchilik yordamining o‘rni boshqa. Bu bilan biz o‘zbekistoliklar bir tanu-bir jon ekanligini, o‘z yurtdoshining dardu-qayg‘usiga mahalla-ko‘y, umuman xalq bee’tibor emasligini ko‘rsatmoqchimiz».

Marofon tashkilotchisining aytishicha, naqd pul holatida tushadigan xayr-ehsonlar maxsus qutilarda jamlanib boriladi, qolaversa, fuqarolar mablag‘larni marafonga safarbar etilgan avtomobildagi aksiya qog‘ozlarida yozilgan hisob-raqamlariga o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. tushadigan mablag‘lar Oqto‘ba qurbonlari oilalari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Ta’kidlanishicha, marafon Toshkentdan boshlanadi va Guliston, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm, To‘rtko‘lni bosib o‘tib, Buxoroga qaytadi va u yerdan Qarshi, Shahrisabz, Olmaliq bilan Farg‘ona, Andijon va oxiri Namanganga kelib, sarhisob qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring